08:45 / 11.07.2022
1970

O‘zbekistonda ayollar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni ma’lum qilindi

Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 472 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 177 taga oshgan.

Bundan oldin maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning necha foizi oliy ma’lumotga ega ekani aytilgandi.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning 90,1 foizi oliy ma’lumotga ega. 

2021-2022-o‘quv yili boshiga respublikadagi umumta’lim muassasalarida jami 510 046 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Jami o‘qituvchilarning 53,1 foizi qishloq maktablarida va 46,9 foizi shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mavzuga oid
Top