09:53 / 13.07.2022
1994

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddati belgilandi

“Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, kiritilgan qo‘shimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. 

Unga ko‘ra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:

  • 3 mln AQSh dollaridan – 5 mln AQSh dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;
  • 5 mln AQSh dollaridan – 15 mln AQSh dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;
  • 15 mln AQSh dollari va undan ko‘p investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Muddatlar ishlab chiqarish obekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Top