22:23 / 13.07.2022
9774
Rasman: Rahim Sterling - «Chelsi» futbolchisi

Rahim Sterling «Chelsi» o‘yinchisiga aylandi.

Foto: Getty Images

«Ko‘klar» 27 yoshli ingliz uchun «Manchester Siti»ga 47,5 mln funt to‘ladi. Shuningdek, 2,5 mln funt bonuslar ko‘zda tutilgan.

Sterling «Chelsi» bilan 2027 yilgacha tuzilgan shartnoma bo‘yicha haftasiga 310 ming funt maosh oladi.

Yarimhimoyachi 2015 yildan beri «Man Siti»da o‘ynayotgandi. U «shaharliklar» safida 4 martadan APL va Liga Kubogini, bir bor Angliya Kubogi va Superkubogini yutdi.

Top