12:33 / 14.07.2022
9637
Jasur Jaloliddinov «Lokomotiv»ga qaytdi

Yarim mavsum davomida Qozog‘istonda faoliyat yuritgan Jasur Jaloliddinov yana O‘zbekiston Superligasiga qaytdi.

Foto: Tribuna.uz

Toshkentning «Lokomotiv» klubi rasmiy sayti Jasur Jaloliddinov jamoaga qaytganini e’lon qildi. O‘zbekiston olimpiya jamoasining 20 yoshli o‘yinchisi mavsum boshida «Qayrat» klubiga ijaraga berilgan edi. Klub bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev qozoq klubini tark etgach, o‘zbekistonlik futbolchi ham ortga qaytishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Jasur Olmaota klubida 7 o‘yinda maydonga tushib, samaradorlik ko‘rsatmagandi. 20 yoshli futbolchi bungacha «Bunyodkor», «Andijon», «Lokomotiv» hamda Rossiyaning «Lokomotiv» va «Tambov» klublari sharafini himoya qilgan.

Top