13:41 / 14.07.2022
22421

Serdar Berdimuhamedov Toshkentga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14 iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

Uchrashuvdan so‘ng birodar mamlakat delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Serdar Berdimuhamedov majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlarning ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan, deya yakunlanadi rasmiy xabar.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Top