07:29 / 14.07.2022
3932

Toshkentda metro bekatlari oralig‘ida vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

Toshkent shahrida 6- va 7-metro bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich inshooti ikki tarafidan THAYga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlarini qurish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.

Shu munosabat bilan, yo‘lovchilarning jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan «Rohat 5-metro bekati - Qo‘yliq 7-metro bekati» metro bekatlari oralig‘ida vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo‘nalishidagi harakat jadvallari soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida hafta barcha kunlariga 2 ta, yo‘nalish ish tartibi soat 7:00 dan 20:00 ga qadar etib belgilandi.

Top