11:21 / 15.07.2022
8734

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor bir qator qonun loyihalari muhokama qilinmoqda.

Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 1 avgustgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston konstitutsiyasi oltmishdan ortiq moddasini qamrab oladi. Unda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi ko‘plab normalar belgilanmoqda. 

Davlat qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini, tadbirkorlik rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, halol raqobat himoya qilinishini, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlash, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqligi belgilab qo‘yilmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillashtirishga, parlament vakolatlarini kuchaytirishga, fuqarolar qonunchilik jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan normalar aks etmoqda. 

Top