13:35 / 15.07.2022
4232

O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi nomi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi majlisida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Foto: Shutterstock

Qonun loyihasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga “gender audit” va “kompleks gender yondashuv”ni gender tenglikni ta’minlash yangi mexanizmlari sifatida kiritish taklif etilmoqda.  

“Gender audit vazifalari” va “gender auditni o‘tkazish tartibi” maxsus moddalarda belgilanmoqda. “O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi” nomi “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi” nomiga o‘zgartirilmoqda.

Deputatlar aytishicha, mazkur takliflar qonunchilikka kiritilishi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Top