08:52 / 15.07.2022
2405
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda 

Respublikada doimiy aholi soni kuniga 1,8 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,6 mln kishini tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,9 foizga oshgan.

Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 55,3 ming kishiga ko‘paygan.

2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

Mavzuga oid
Top