09:01 / 15.07.2022
4953
Sifatli tibbiy xizmat qimmat bo‘lishi shartmi? Mahalla guzaridagi klinika faoliyati haqida

Salomatlik yoki ilm olish uchun mablag‘ sarflash kerak bo‘lganda qay birini tanlash kerak? Albatta ikkalasi ham rad etib bo‘lmas va zarurati yuqori talab hisoblanadi. Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Bog‘ko‘cha mahalla guzari majmuasidan joy olgan zamonaviy klinika va o‘quv markazi narxlar va sifat borasida har qanday zamonaviy muassasani ortda qoldiradi.

Foto: SABA DARMON

Guzar majmuasida faoliyat olib borayotgan “SABA DARMON” klinikasi hamda “SABA TA’LIM” o‘quv markazlari hudud aholisi uchun xizmat qilmoqda. Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun klinikada har oyda ikki marotaba bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu toifadagi aholi farzandlari uchun o‘quv markazida bepul ta’lim olish ham yo‘lga qo‘yilgan. 

Klinika tashkil etilganiga 17 yildan oshgan, 2020 yilda esa o‘z faoliyatini kengaytirib:

-konsultativ poliklinika;

-kunduzgi shifoxona;

-kardiologiya bo‘limi;

-terapiya bo‘limi;

-nevrologiya bo‘limi;

-gepatologiya bo‘limi;

-jarrohlik amaliyotini bajarish bo‘limi;

-laborator tekshiruvlar;

-instrumental tekshiruvlar (EKG, EXOKG, EEG, EXOEG, UZI, kolposkopiya)

- EFGDS;

- ozonoterapiya;

-kompleks davolar yo‘nalishida alohida bo‘limlarga ega bo‘ldi.

Statsionar sharoitda davolash ham amalga oshiriladi. Shuningdek, klinikada zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladigan:

- umumiy xirurgiya;

- ginekologiya;

- LOR;

- laporoskopik jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

“SABA DARMON” klinikasi rahbari, ginekolog Salohiddin Mo‘minovning aytishicha, narxlar arzonligi sifatga ta’sir ko‘rsatmaydi:

“Ko‘pincha sifatli xizmatni qimmat narxlar bilan bog‘lashadi. Aslida unday emas. Xizmatning sifati u yerdagi mutaxassislar va texnologiyalar bilan bog‘liq. Eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bo‘lib, tajribali mutaxassislar yetishmasa, bu uskunalardan foyda yo‘q. Yoki buning aksi bo‘lishi ham mumkin. Klinikamizdagi barcha asbob-uskunalar Germaniyadan keltirilgan. Mutaxassislarimiz esa o‘z ishining ustalari bo‘lib, bemorlar o‘zlari izlab keladigan yuqori malakali shifokorlar jamoasini yig‘ganmiz. Bemor shifokorni qachon izlab keladi, unga ishonch va iqrori hosil bo‘lganida.

Klinikamiz o‘z faoliyatini boshlaganiga 17 yil bo‘lyapti. Faoliyat boshida asosan bepushtlik bilan davolash yo‘lga qo‘yilgan va yaxshi natijalarga erishilgan. Hozir ham bepushtlikka chalingan bemorlarning 80-90 foizi tabiiy yo‘llar orqali samarali davolanmoqda”.

Klinika mutaxassislari har yili muntazam ravishda dunyoning Fransiya, Xitoy, Gruziya, Sankt-Peterburg, Turkiya, Moskva kabi davlatlarida malaka oshirib, yangi tajribalarni o‘zlashtirib kelishadi.

"SABA DARMON” klinikasi bosh shifokori Nodira Azizovaga ko‘ra, mahalladagi nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun bu yerda muolajalar olish bepul amalga oshiriladi.

"Niyatimiz faqat sifatli tibbiy xizmatga muhtoj, ammo moliyaviy imkoniyati sabab davolana olmayotgan aholi uchun ham ochiq bo‘lish. Shunday toifadagi aholi uchun barcha muolajalar, dori-darmonlar bepul beriladi. Har oyning ma’lum kunlarini belgilab boshqa fuqarolarimiz uchun ham bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etamiz. Maqsadimiz - xalqimiz o‘z salomatligi uchun qayg‘urishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishni odatga aylantirishiga erishish.

Klinikada murakkab turdagi operatsiyalar ham amalga oshiriladi. BsF, SMA kabi chorasiz xastalikka chalingan farzandlar ba’zi oilalarning og‘riqli nuqtasiga aylangan. Bunday bolalarning imkon qadar sog‘lom hayotga qaytishi uchun alohida bo‘lim tashkil etganmiz va bu borada yaxshi natijalar ko‘zga tashlanyapti", - deydi bosh shifokor.

Reklama huquqi asosida

Top