13:13 / 16.07.2022
12792

Jasur Yaxshiboyev - «Navbahor» futbolchisi

Jasur Yaxshiboyev O‘zbekistonga qaytdi. 

Foto: Navbahor FK

25 yoshli hujumchi Superliga 1-davrasidan so‘ng peshqadam bo‘lib turgan «Navbahor» bilan bitim imzoladi. 

Jasur Polshaning «Legiya» klubi bilan shartnomasini bekor qildi va namanganliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. 

Hujumchi faoliyati davomida «Paxtakor», OKMK, Belarusning «Energetik-BGU» va «Shaxtyor» Soligorsk, Moldovaning «Sherif» jamoalarida ham o‘ynagan. Tiraspol klubida o‘tgan mavsumda YeChLda «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan.

Mavzuga oid
Top