07:51 / 16.07.2022
4853

Qoraqalpog‘istondagi MTT yo‘llanmalarining amal qilish muddati vaqtincha to‘xtatildi

13 iyundan Qoraqalpog‘istondagi MTT yo‘llanmalarining amal qilish muddatlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida internetga ulanishda kuzatilayotgan ayrim nosozliklar va uzilishlar tufayli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish uchun shakllangan yo‘llanmalarni elektron tizim orqali rasmiylashtirishda muammolar kuzatilmoqda.

Shularni inobatga olgan holda, joriy yil 13 iyunidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shakllangan yo‘llanmalarning amal qilish muddatlari hisobi internetga ulanishda muammolar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turiladi.

Bildirilishicha, internet tarmog‘ining barqaror ishlashi ta’minlangan kundan boshlab, amaldagi tartibga muvofiq, yo‘llanmalar amal qilish muddati hisoblanadi.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top