07:48 / 16.07.2022
16124

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasi va Turizm markazidagi ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda majmuada Qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar quriladi.

Davlat rahbari shu boradagi ishlarni ko‘zdan kechirdi, ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

– Inshoolloh, bu majmua ochilganidan keyin ziyoratchilar yanada ko‘payadi. Ayniqsa, nuroniylar ko‘p keladi. Ular uchun barcha qulayliklarni inobatga olish kerak. Bu joy nafaqat diniy va ma’rifiy, balki ulkan madaniy markaz ham bo‘lishi zarur. Shu bois eng yaxshi gulchilarni olib kelib, majmuani qishin-yozin gulzor qilib qo‘yish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Majmua ziyorat turizmining yirik markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, ulardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Samarqand tumanida barpo etilayotgan Turizm markazini ham borib ko‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda 8 ta mehmonxona, kongress-holl, «Abadiy shahar» karvonsaroyi qurilmoqda. Eshkak eshish kanali tartibga keltirilib, atrofda bog‘ yaratilmoqda.

Davlat rahbari bu yerda yirik xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xalqimizning madaniyati, ma’rifati, milliy taomlarini namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Top