09:45 / 18.07.2022
2905
O‘zbekistonga elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi

Elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Megawatt Motors

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.

Qayd etilishicha, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 983 ta;
  • BAA – 73 ta;
  • Germaniya – 27 ta;
  • Hongkong – 25 ta;
  • Koreya – 6 ta;
  • Litva – 6 ta;
  • Estoniya – 2 ta.
Top