09:05 / 19.07.2022
6410
Doimiy aholi soni eng ko‘p hududlar ma’lum qilindi 

Hududlarning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,06 mln kishi.

Shuningdek, keyingi o‘rinlardan 3,93 mln kishi istiqomat qiluvchi Farg‘ona viloyati va 3,43 mln kishi yashovchi Qashqadaryo viloyati joy olgan.

Doimiy aholi soni bo‘yicha ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Andijon viloyati – 3,2 mln kishi;
  • Toshkent viloyati – 2,96 mln kishi;
  • Namangan viloyati – 2,95 mln kishi;
  • Toshkent shahri – 2,90 mln kishi;
  • Surxondaryo viloyati – 2,77 mln kishi;
  • Buxoro viloyati – 1,99 mln kishi;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1,96 mln kishi;
  • Xorazm viloyati – 1,93 mln kishi;
  • Jizzax viloyati – 1,45 mln kishi;
  • Navoiy viloyati – 1,04 mln kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 887,1 ming kishi.

Bundan oldin O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘payayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top