08:43 / 19.07.2022
9616

O‘zbekistonga iyunda eng ko‘p turist qaysi davlatdan kelgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga iyun oyida necha nafar turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning iyun oyida 493,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.  
 
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307,2 ming nafarga yoki 2,6 baravarga oshgan. 
 
O‘zbekistonga iyun oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan: 

  • Qozog‘iston –  178,1 ming nafar; 
  • Qirg‘iziston –  123,3 ming nafar;  
  • Tojikiston –  113,2 ming nafar; 
  • Rossiya –  53,4 ming nafar;  
  • Turkiya – 7,3 ming nafar;  
  • Germaniya – 2,2 ming nafar;  
  • AQSh – 1,5 ming nafar; 
  • Koreya – 1,7 ming nafar;
  • Hindiston – 1,5 ming nafar;
  • Isroil – 1,1 ming nafar;
  • Buyuk Britaniya – 0,8 ming nafar;
  • Belarus – 0,9 ming nafar;
  • Fransiya – 0,6 ming nafar;  
  • Italiya – 0,6 ming nafar;
  • Ispaniya – 0,4 ming nafar.
Top