14:29 / 20.07.2022
18747

Kramatorskka zarba oqibatlari, Donbassda yong‘inlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 146-kuni yakunidagi ma’lumotlar

  • Donetsk oblastidagi janglarda Shvetsiyadan kelgan ofitser halok bo‘ldi.
  • Zaporijjya oblastida Rossiya va Ukraina o‘rtasida «45 ga 45» formulasida jasadlarni almashuv jarayoni o‘tkazildi.
  • Kramatorsk markazi o‘qqa tutildi. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari ma’lumotiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.
  • Sergey Sobyanin, Vladimir Mashkov, Sergey Bezrukov, shuningdek «Nochniye volki» baykerlar klubi Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalariga duchor bo‘ldi. Shu bilan birga, YeI Rossiyaning bir qator banklariga cheklovlarni yumshatishni rejalashtirmoqda.
  • Ukraina Oliy radasi Ivan Bakanov va Irina Venediktovani UXX boshlig‘i va mamlakat bosh prokurori lavozimlaridan bo‘shatdi. Volodimir Zelenskiy UXX boshlig‘i o‘rinbosari Volodimir Gorbenkoni ishdan oldi va idoraning beshta oblastdagi boshqarmalari rahbarlarini o‘zgartirdi.
  • So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Vinnitsada rossiyaliklar raketa zarbasidan qurbonlar soni 25 kishini tashkil etmoqda. Ular orasida — Ukraina harbiy-havo kuchlarining uch nafar ofitseri ham bor.
  • Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya gazi «Shimoliy oqim — 1» gaz quvuri orqali Yevroittifoqqa yetkazilishi 21 iyuldan tiklanadi. Yevroittifoq Rossiya gaz uzatishni butunlay to‘xtatishidan xavfsirayotgandi.

Quyida 19 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xerson

Xersonga raketa hujumi oqibatlari. Rossiyalik harbiylar tomonidan tayinlangan mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Amerikaning HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali amalga oshirilgan. Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, uchirilgan oltita raketaning beshtasi havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, oltinchisi Dnepr daryosi ustidagi Antonov ko‘prigiga tekkan. Sergey Bobilev / TASS

Odessa 

Ukrainalik qutqaruvchilar Odessa oblastida Rossiya aviazarbasidan vayron bo‘lgan uyda ishlamoqda, olti kishi jarohatlangan. Odessa oblasti va uning markazi iyul oyida bir necha bor o‘qqa tutildi. Foto: Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

 Dnepr

Mykola Miakshykov / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Rossiyaning 15 iyul, juma kungi hujumidan keyin Dneprdagi turar joy binosi. Zarba oqibatida shaharning o‘ng sohildagi qismi suv ta’minotisiz qolgan. 16 iyul kuni shahar rasmiylari uch kishi halok bo‘lgani va 16 kishi yaralangani haqida xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida «Janubiy mashinasozlik zavodi» mudofaa korxonasining «Tochka-U» ballistik raketalari uchun butlovchi qismlar hamda baravar o‘t ochish tizimlari uchun snaryadlar ishlab chiqarish va ta’mirlash ustaxonalari vayron bo‘lgan. Dnepropetrovsk oblasti ma’muriyati rahbari Valentin Reznichenkoning xabar qilishicha, sanoat korxonasi va yaqin atrofdagi ko‘cha o‘qqa tutilishdan shikastlangan, bu qanday korxona ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Donbass shimoli 

Ukrainalik harbiylar «Grad BM-21» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan front chizig‘idagi rossiyaliklar pozitsiyalariga o‘t ochmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) tahlilchilariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Izyum-Slovyansk yo‘nalishini ahamiyatli emas deb hisoblab, Donetsk oblastidagi Seversk va Baxmutni egallashga e’tibor qaratmoqda. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Slovyansklik kishi aviazarba oqibatida yonib ketgan avtomobil oldidan o‘tmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutlik kishi o‘t o‘chiruvchilarga zarbalardan keyin turar joy hovlisida chiqqan yong‘inni o‘chirishga yordam bermoqda
Igor Tkachev / AFP / Scanpix / LETA
Politsiya Kramatorskda vafot etgan fuqaro jasadi yonida. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning xabar berishicha, 19 iyul kuni rossiyalik harbiylar shaharni o‘qqa tutishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Zarba natijasida shahar markazidagi o‘nta ko‘p qavatli uy shikastlangan. Kirilenko oblast hududida qolayotgan aholini imkon qadar tezroq evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Politsiyachilar Rossiya raketa zarbasidan yaralangan kramatorsklik ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorsk aholisi vakillari Rossiya zarbasidan singan deraza siniqlarini yig‘moqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorsklik ayol aviazarbalardan singan deraza oldida.
Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar Kramatorskdagi turar joy binosidagi yong‘inni o‘chirmoqda.
Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Yarador mahalliy aholi vakilining turar joy binosi hovlisiga to‘kilgan qoni.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti 

Baravar o‘t ochish reaktiv tizimining bug‘doy dalasiga tushgan parchasi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top