16:54 / 21.07.2022
9743

London Rossiya energiya tashuvchilari va oltinidan voz kechish muddatini ma’lum qildi

Rossiya oltinlari bilan operatsiyalarni taqiqlash Buyuk Britaniyada 21 iyuldan boshlab ishlay boshladi. Yil oxirigacha London Rossiya neftidan ham voz kechadi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya hukumati 21 iyul, payshanba kuni Rossiyadan ko‘mir, neft va oltinni import qilishdan bosh tortish sanalari ko‘rsatilgan hujjatni e’lon qildi. Oltinga embargo 21 iyuldan, ko‘mirga - 10 avgustdan, neftga - 31 dekabrdan kuchga kiradi. Qayd etilishicha, mazkur hujjat Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qoidalarga o‘zgartirishlar kiritadi. 

«Ushbu o‘zgartirish neft va neft mahsulotlari, ko‘mir va ko‘mir mahsulotlari hamda oltinni olib kirishni, shuningdek, ushbu mahsulotlarni bevosita yoki bilvosita sotib olish, yetkazib berishni taqiqlaydi. Oltin olib kirishni taqiqlash 21 iyul kunidan kuchga kirdi, 2022 yil 10 avgustdan ko‘mir importi taqiqlash, 2022 yil 31 dekabrdan neft importiga taqiq kuchga kiradi», deyiladi Buyuk Britaniya tashqi savdo idorasining eksportchilarga e’lon qilgan xabarida. 

Yana bir tuzatish ushbu mahsulotlarga tegishli texnik yordam, moliyaviy xizmatlar va brokerlik xizmatlarini ko‘rsatishni taqiqlaydi. 

Rossiyadan oltin, neft va ko‘mirga nisbatan cheklov choralari Yevroittifoq tomonidan ham ko‘zda tutilgan. Biroq, Rossiya oltin va neftiga qarshi sanksiyalar joriy qilish muddati farq qiladi. Xususan, Rossiya oltini bilan operatsiyalarga embargo allaqachon kelishilgan, ammo hali kuchga kirmagan, biroq YeIning yettinchi sanksiyalar paketi bir qismi bo‘ldi. Neftdan voz kechish muddati bo‘yicha ham Buyuk Britaniya YeIdan boshqacha pozitsiyani egalladi, uning sanksiyalari dengiz ta’minotini 5 dekabrdan, neft mahsulotlarini esa 2023 yil 5 fevraldan, ayrim istisnolardan tashqari, taqiqlashni nazarda tutadi. 

Top