10:04 / 22.07.2022
7916

Farg‘ona viloyati tog‘oldi hududlarida yana muzli sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 25 iyulidan 28 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda yuqori harorat foni kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shuning hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Top