15:28 / 22.07.2022
13871
Moskva «do‘st bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxatini kengaytirdi

«Do‘st bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxatiga Gretsiya, Daniya, Sloveniya, Xorvatiya va Slovakiya kiritilgan, deb xabar berildi RF hukumati saytida.

Foto: Kun.uz

Rossiya hukumati Rossiya diplomatik vakolatxonalariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi. 22 iyul, juma kuni unga Gretsiya, Daniya, Sloveniya, Xorvatiya va Slovakiya qo‘shildi, deyiladi RF hukumati saytida chop etilgan, RF bosh vaziri Mixail Mishustinning buyrug‘ida.

Hujjatda eslatilishicha, ro‘yxat prezidentning 2021 yil 23 apreldagi farmoniga muvofiq tuzilgan va «elchixonalar, konsulliklar va davlat organlari vakolatxonalariga Rossiya hududida joylashgan xodimlarni yollash imkoniyatini to‘liq taqiqlashgacha bo‘lgan cheklovlarni nazarda tutadi».

«Yangi topshiriqqa ko‘ra, Gretsiyada 34 kishi, Daniya - 20, Slovakiya - 16 kishi bilan chegaralandi. Sloveniya va Xorvatiya o‘zlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga xodimlarni ishga ololmaydi», - deyiladi xabarda. 

Ushbu ro‘yxat 2021 yil may oyida tuzilgan, u dastlab faqat Chexiya va AQShni o‘z ichiga olgan. 2022 yil mart oyida Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin va G‘arb sanksiyalari rejimi keskin kuchaytirilgandan so‘ng, «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ning yana bir ro‘yxati tuzildi, unga YeIning barcha davlatlari, Buyuk Britaniya va yana 20 ga yaqin davlatlar kiritildi. Gap, Rossiya rasmiylarining fikriga ko‘ra, RFga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshirayotgan davlatlar haqida bormoqda. Prezident farmoniga ko‘ra, «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga aloqador xorijiy kreditorlar oldida valuta majburiyatlari bo‘lgan Rossiya fuqarolari, kompaniyalari, davlat idoralari va organlari ular bilan hisob-kitobni rublda amalga oshirishi mumkin. 

Top