13:22 / 22.07.2022
16681
Navoiy viloyatidagi hudud dunyoning eng issiq harorat nuqtasiga aylandi

Navoiy viloyatining g‘arbiy cho‘l hududi sayyoraning eng issiq harorat kuzatilayotgan joylari reytingiga kiritildi.

Foto: Kun.uz

Bu haqda «O‘zgidromet» yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahadov ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Navoiy viloyatining g‘arbiy cho‘l zonasida jahondagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichlaridan biri qayd etilgan. 

Avvalroq Navoiy viloyatida mutlaq harorat maksimumi qayd etilgani xabar qilingandi. 

Xususan, 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:20 da Navoiy viloyatidagi «Mashiquduq» meteorologiya stansiyasida 47,1 daraja issiq harorat kuzatilgan.

Bundan tashqari, 29 iyun kuni O‘zbekiston dunyoning eng issiq harorat qayd etilgan davlatlaridan biriga aylandi.

Mavzuga oid
Top