15:30 / 22.07.2022
2199
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etildi

O‘zbekiston bilan Pokiston hukumatlari o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etildi. Bu O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yilgan.

Komissiyaning faoliyati xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotiklarning noqonuniy muomalasi va boshqalar keltirib chiqarayotgan kuchayib borayotgan tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya to‘g‘risida 2021 yil 2 noyabrda Islomobod shahrida protokol imzolangan.

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida Pokiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Mavzuga oid
Top