18:01 / 22.07.2022
8745

Toshkent shahrining ayrim hududlarida suv ta’minoti to‘xtab qoldi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida suv ta’minoti to‘xtab qoldi. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" MChJ xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, poytaxtdagi “Qodiriya” bosh suv inshootida elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik yuzaga kelgan.

Bildirilishicha, maxsus ta’mirlash guruhi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlikni bartaraf etish ishlari jadal davom etmoqda.

Yaqin soatlarda suv ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan, yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top