O‘zbekiston bosh prokurori ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasida respublikaga yangi prokuror tayinlangani ma’lum qilindi. Unga 2016-2017 yillarda Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan Erkaboy Tojiyev tayinlandi.
Shanba kuni O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshea ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining 32-sessiyasida respublikaga yangi prokuror tayinlangani ma’lum qilindi.
Unga 2016-2017 yillarda Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Erkaboy Aminovich Tojiyev tayinlandi.
U bu lavozimda Farhod Yembergenovich Allambergenov o‘rnini egalladi. U bu lavozimga 2020 yilning iyun oyida tayinlangan edi.