11:22 / 25.07.2022
36723

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida hududlar katta qismida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati 40-43 daraja issiq atrofida, janubda 45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 25-26 iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati 32-37 daraja issiqqacha pasayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.

Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va aksariyat viloyatlarda havo harorati 33-36 daraja issiqqacha pasayadi, faqat eng chekka janubda 39-41 daraja issiqqa yetadi.

25-27 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 28-29 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

25-28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top