13:20 / 26.07.2022
8880

Muttaqiy Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston uchun xavf tug‘dirmasligini bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashdi.

Foto: Kun.uz

Amir Xon Muttaqiy Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqa boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmasligini bildirdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistonga Termiz shahridagi ko‘p funksiyali transport-logistika habi, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Vladimir Norov afg‘on tomonini xalqaro hamjamiyat asosiy talablarini tez fursatlarda bajarish, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya etish, qizlarni to‘laqonli maktab ta’limi bilan ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.

Top