10:51 / 27.07.2022
5191
Ikki oy ichida gaz «zapravka»lari tomonidan 41 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

AGTKShlar tomonidan 41,9 mlrd so‘m yoki 209 mingga yaqin xonadonning yoz mavsumidagi bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Davlat xavfsizligi xizmatining «O‘zneftgazinspeksiya» hamda «O‘ztransgaz» AJ bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

«O‘zneftgazinspeksiya» xabariga ko‘ra, iyun-iyul oylarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirlar davomida bir qator AGTKShlarda tabiiy gazdan foydalanishda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Buxoro viloyatidagi 3 ta AGTKShda 2,2 mlrd so‘mlik, Samarqand viloyatidagi 2 ta AGTKShda 3,3 mlrd so‘mlik, Sirdaryo viloyatidagi 5 ta AGTKShda 3,6 mlrd so‘mlik, Jizzax viloyatidagi 17 ta AGTKShda 31,3 mlrd so‘mlik va Qashqadaryo viloyatidagi 1 ta AGTKShda 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Qoidabuzarliklar kelib chiqishi AGTKShlar o‘lchov tizimlaridagi ko‘rsatkichlarga tashqi ta’sir bilan bog‘liq bo‘lgan.

Hisob-kitoblarga asosan, mazkur korxonalar tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 41,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bunda, 209 mingga yaqin xonadonning yoz mavsumidagi bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.

Mavzuga oid
Top