11:21 / 27.07.2022
1988
Rossiya O‘zbekistonga maymun chechagini aniqlovchi testlarni topshirdi

Rossiya MDHning bir qancha davlatlariga maymun chechagini aniqlash testlarini topshirdi.

Foto: TASS

Rossiya O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston va Turkmanistonga «Vektor» markazi tomonidan ishlab chiqarilgan maymun chechagini aniqlash test tizimlarini topshirdi, deb xabar qildi Rospotrebnadzor matbuot xizmati.

Avvalroq idora «Vektor» markazi kasallik holatlarini aniqlash uchun test tizimlarini zudlik bilan ishlab chiqqanini, uni bugungi kunda butun Rossiya bo‘ylab sinovdan o‘tkazish mumkinligi haqida xabar bergan edi. 

«Rospotrebnadzor tomonidan Rossiya test tizimlari O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston va Turkmanistonga topshirildi. Bundan tashqari, Rospotrebnadzor mutaxassislari hamkor davlatlardagi hamkasblari uchun maymun chechagining laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil qiladi», — deyiladi xabarda. 

Bundan oldin JSST rahbari maymun chechagi tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilgandi.

Shifokorlar 16 mamlakatda qayd etilgan 528ta kasallik yuqtirish holatini o‘rganib chiqishgan. Ma’lum bo‘lishicha, kasallikning eng ko‘p tarqalgan simptomi badanga toshma toshib ketishidir. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 63 mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq 9,2 mingdan ortiq holat qayd etilgan. 

Mavzuga oid
Top