17:46 / 27.07.2022
15896

Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi prokuror tayinlandi

Urgut, Past Darg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumaniga yangi prokuror tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Past Darg‘om, Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlariga yangi prokuror tayinlangan.

Jumladan, Ahmedjonov Erkin Ergashevich Past Darg‘om tuman prokurori lavozimiga tayinlangan.

Ahmedjonov Erkin

Mazkur tayinlovgacha, E.Ahmedjonov Kattaqo‘rg‘on tuman prokurori lavozimida ishlagan.

Valiyev Asror Hamzayevich Urgut tumani prokurori lavozimiga tayinlangan.

Valiyev Asror

Mazkur tayinlovgacha, A.Valiyev Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Xolmirzayev Shuhrat Safarovich Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori lavozimiga tayinlangan.

Xolmirzayev Shuhrat

Mazkur tayinlovgacha Sh.Xolmirzayev Urgut tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Top