19:05 / 28.07.2022
5557

AQSh Senati Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olishga chaqirdi 

Hozirda Suriya, Kuba, Shimoliy Koreya va Eron terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. 

Foto: Reuters

AQSh Senati davlat departamentini Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb tan olishga chaqirdi. AQSh Kongressi saytida bu boradagi tegishli hujjat e’lon qilindi

Hujjatga muvofiq, Rossiya ikkinchi chechen urushi, Suriyadagi kampaniya hamda “DXR” va “LXR”ni qo‘llab-quvvatlash chog‘ida tinch aholiga qarshi terror kampaniyasi o‘tkazish va kuch ishlatishda ayblanmoqda. AQSh Senati Rossiyaning bu harakatlari terrorizm aktlarini qo‘llab-quvvatlash deb hisoblamoqda. 

Hozirda terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan Suriya, Kuba, Shimoliy Koreya va Eron o‘rin olgan. 

Bu ro‘yxat AQSh uchun qo‘shimcha sanksiyalar kiritish, qurol savdosini to‘liq taqiqlash va iqtisodiy yordam ko‘rsatmaslik imkonini beradi. 

Davlat departamenti vakili Ned Prays AQSh Rossiyani bu ro‘yxatga kiritishda qonunga tayanishini ma’lum qildi. 

Top