07:35 / 28.07.2022
9475

Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi xabar bermoqda.

Foto: Rossiya elchixonasi

Aeroportda rossiyalik vazirni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.

Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbarining ikki kunlik tashrifi doirasida ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etishi, O‘zbekiston rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Sergey Lavrov 28-29 iyul kunlari Toshkentda bo‘ladi. 

O‘z navbatida, Shanhay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Top