11:29 / 29.07.2022
7409

Norov Samarqanddagi ShHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar haqida ma’lumot berdi

ShHT TIVK yig‘ilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov joriy yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.

Foto: Kun.uz

“Sammitning asosiy siyosiy hujjati - Samarqand deklaratsiyasi loyihasida mamlakatlarimizning eng muhim mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha konsolidatsiyalashgan pozitsiyalari aks ettirilgan”, dedi Vladimir Norov. 

Hujjatda amaliy hamkorlikni yanada takomillashtirish, mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, transport aloqasini mustahkamlash, madaniy muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar bayon etilgan.

ShHTga a’zo davlatlar davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi asosiy qismi uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishning keng qamrovli rejasi, transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik konsepsiyasi, sanoat kooperatsiyasi dasturi, «ShHT yaxshi niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risida»gi nizom va boshqa muhim hujjatlarni boyitishga qaratilgan.

Mavzuga oid
Top