12:02 / 29.07.2022
14574
O‘zbekistonning taniqli kompaniyalaridan biri butun dunyoda tan olingan Halol sertifikatini qo‘lga kiritdi

Halol belgisi sertifikatsiyasi bo‘yicha xalqaro kompaniya World Halal Trust Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan uchta kompaniyaga sertifikat topshirdi.

Foto: “To'xtaniyoz-ota” kompaniyasi matbuot xizmati

Ular orasida kolbasa mahsulotlari va delikateslar ishlab chiqaruvchi kompaniya  “To'xtaniyoz-ota” GSO, SMIIC, WHT.G standartlari bo‘yicha Halol sertifikatini qo‘lga kiritdi.

World Halal Trust O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va Litvada o‘z ofislariga ega yirik xalqaro kompaniya sanaladi. U shuningdek, Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasi qoshidagi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Assotsiatsiya islom dinining ma’naviy qadriyatlariga asoslangan musulmonlar biznes modelini targ‘ib qiladi va o‘zida musulmon-tadbirkorlarni birlashtirgan holda zamonaviy tadbirkorning ijobiy imijini yaratishga yordam beradi.

Barchamizga ma’lumki, “Halol” belgisi ostidagi mahsulotlar, taomlar, yeguliklar din va e’tiqoddan qat’i nazar, ko‘plab insonlar tomonidan tanlanadi. Sababi, ular yuqori sifat ko‘rsatkichini bildirgan holda mahsulotlar xavfsiz ishlab chiqarilganiga kafolat beradi. O‘zbekistonda “Halol” sertifikati xizmatlari xalqaro standartlar bo‘yicha yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi kompaniya – World Halal Trust tomonidan taqdim etiladi.

“To'xtaniyoz-ota”ga taqdim etilgan Halol sertifikati kompaniya maxsulotlari shariat qonunlari va belgilangan me’yorlarga muvofiq holda ishlab chiqarilgani, qolaversa, biz uchun sevimli bo‘lishga ulgurgan kolbasa va go‘sht mahsulotlari tayyorlanishining har bir bosqichida halollik qoidalariga rioya qilingan holda sotuvga qo‘yilishini yana bir bor tasdiqlaydi. “To'xtaniyoz-ota”dagi ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, umumiy jarayon har bir bosqichda sinchkovlik bilan nazorat qilinadi. Xususiy go‘sht fermasining borligi, doimiy veterinariya nazorati, o‘ziga xos retseptlar va ilg‘or texnologiyalar kompaniya kolbasalarini mazali va foydali bo‘lishini ta’minlaydi. 

Ushbu sertifikat shuningdek, mahalliy kompaniyalarga jahon bozorini ham zabt etish imkonini beradi.

Mavzuga oid
Top