16:27 / 01.08.2022
9739
Gaistontepa yodgorligi buzib tashlandi. Rasmiylar bu yerni dalahovli qurish uchun berib yuborgan

Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Gaistontepa arxeologiya yodgorligi joylashgan joy noqonuniy ravishda fuqarolarga dalahovli qurish uchun ajratilgan. 80 mlrd so‘m jiddiy zarar yetkazilgan. Oqibatda fuqaro obektni buzib tashlab, o‘rniga uy-joy qurgan. Hozirda jinoyat ishi ochilib, zarar 80 mlrd so‘mga baholanmoqda.

Foto: Madaniy meros agentligi

Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Madaniy meros agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘rganishlar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Unda, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan madaniy meros obekti uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborilishi oqibatida unga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumani Gaiston mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo‘limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilib, obekt noqonuniy ravishda fuqarolarga dalahovli qurish uchun ajratilgan.

Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o‘rniga uy-joy qurilgani natijasida tarixiy obektga 80 mlrd so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mahkama xabarida aytilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top