13:30 / 01.08.2022
2473

Sud ekspertizasi uchun taqdim etilgan ashyoviy dalillarni identifikatsiyalash dasturi ishga tushirildi

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Uchqun Uzoqov / Foto: AOKA

Aholiga sud-ekspertlik sohasiga doir ma’lumotlarni tezkor yetkazish maqsadida maxsus axborot portali va ekspertiza uchun taqdim etilgan ashyoviy dalillarni identifikatsiyalash dasturi ishga tushirildi. Bu haqda H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori o‘rinbosari Uchqun Uzoqov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, prezident farmoni asosida 2021-2025 yillar davomida 16 ta yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etish belgilandi. Bugungi kunda ulardan sud-soliq va oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizalari uslubiy asoslari yaratilib, sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etildi.

Respublika tarixida ilk marotaba H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Sohaga «Sud ekspertizalari hisobli tizimi» va «Elektron ta’lim platformasi» axborot tizimlari joriy etilib, aholiga sud-ekspertlik sohasiga doir ma’lumotlarni tezkor yetkazish maqsadida sudexpert.uz axborot portali, ekspertiza uchun taqdim etilgan ashyoviy dalillarni identifikatsiyalash dasturi faoliyatga tatbiq etildi.

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi belgilandi. Bunda murojaat qilgan shaxslar ma’lumotlari oshkor bo‘lmasligi ta’minlanadi.

Mavzuga oid
Top