13:51 / 02.08.2022
3490

Norov: «O‘zbekiston - Ozarboyjon - Turkiya» muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi

Foto: dunyo.info

Toshkentda tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga mas’ul bo‘lgan vazirliklar rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston - Ozarboyjon - Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Yig‘ilishni ochar ekan, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov quyidagilarni qayd etdi:

- Bugungi uchrashuv bizlarning o‘zaro munosabatlarimizdagi juda muhim voqealar –Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 2022 yil martida O‘zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi hamda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyidagi davlat tashrifidan so‘ng ro‘y bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro munosabatlarda hamda global iqtisodiyotda kechayotgan jadal va noodatiy jarayonlar hisobga olinganda “O‘zbekiston - Ozarboyjon - Turkiya” muloqot formatini tuzish har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top