16:20 / 02.08.2022
6198

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari vaqti o‘zgardi

Ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihonlar 1 soat oldinga surildi.

2-avgust kuni 18:00da respublikaning 14 ta hududida Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi o‘tkazilishi e’lon qilingandi. Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabariga ko‘ra, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli 1 soat oldinga surildi. Imtihonlar 17:00da boshlanadi.

Talabgorlar imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Top