09:21 / 03.08.2022
6048

4-5 avgust kunlari xavfli gidrometeorologik hodisalar prognoz qilinmagan - «O‘zgidromet»

Joriy yilning 4-5 avgust kunlari xavfli gidrometeorologik hodisalar prognoz qilinmagan. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: Kun.uz

2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “O‘zgidromet” izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 avgust kuni poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkinligi hamda havo harorati 33-35 daraja issiq bo‘lishi haqida xabar berilgan.

2-5 avgust kunlari kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa asossiz, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top