13:33 / 03.08.2022
10776

O‘zbekiston va Tojikiston janubiy Qozog‘iston bilan sug‘orish uchun suvni bo‘lishishga qaror qildi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida ekinlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv muammosi hal qilindi.

Foto: Boris Ushmaykin

Bu haqda Turkiston viloyati hokimligidan ma’lum qilishdi, deb xabar bermoqda Otyrar nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonning janubiy mintaqasi Sirdaryo orqali O‘zbekiston va Tojikistondan suv oladi, shundan so‘ng suv «Do‘stlik» kanaliga boradi. 

Qayd etilishicha, muammoli masala davlatlararo darajada hal etildi, shu tariqa Turkiston viloyati rahbari Umirzoq Shukeyev O‘zbekiston va Tojikiston vazirlari bilan kelishib oldi, sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv bilan ta’minlash masalasi amalda hal etilgan. 

«Endi Turkiston viloyati dehqonlarini mo‘l hosil kutmoqda. Mutasaddilarga ko‘ra, bu yilgi bug‘doy hosili o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘p», — deyiladi xabar yakunida. 

Top