08:13 / 03.08.2022
5592

Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent - London - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, hozirgi kunga qadar Buyuk Britaniya poytaxtiga qatnovlar haftada 2 marta – seshanba va juma kunlari amalga oshirilayotgan edi. 

Uzbekistan Airways joriy yilning 21 avgustidan ushbu xalqaro yo‘nalishda yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Top