14:52 / 03.08.2022
3107
Yil boshidan buyon qalbaki pul yasash va o‘tkazish bilan bog‘liq 23 ta jinoyat fosh etildi

Joriy yil o‘tgan davrida xorijiy valuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishi bo‘yicha 245 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, ularning natijasi bo‘yicha 167 ta jinoiy hamda 78 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilgan.

Huquqbuzarlardan davlat foydasiga 433,2 ming AQSh dollari, 1,1 mln Rossiya rubli, 702,2 ming qozoq tengesi va 1,2 mlrd so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Qalbaki pul yasash va o‘tkazish bilan bog‘liq 23 ta jinoyat fosh etilib, 135 mln so‘mlik hamda 53,2 ming AQSh dollarlik qalbaki banknotlar erkin muomalaga kiritilishi oldi olingan.

Qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarni qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq 8 ta jinoyat fosh etilib, huquqbuzarlardan 730,2 mln so‘mlik 4,6 kg qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, 2018 yil 1 yanvar holatiga respublikada 1 638 ta valuta ayirboshlash shoxobchasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ular soni 3 970 tani, shundan valuta ayirboshlash bankomatlari soni 1 880 tani tashkil etmoqda.

Joriy yil o‘tgan 6 oyida respublikada 251 ta valuta ayirboshlash shoxobchasi va 343 ta valuta ayirboshlash bankomati ishga tushirilgan.

Xorijiy valutani bank plastik kartalari hamda bank mobil ilovalari orqali ham konvertatsiya qilish imkoniyatlari yaratilgan.   

Mavzuga oid
Top