07:31 / 04.08.2022
9126

Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: TIV axborot xizmati

Tashqi ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan Oybek Shahavdinov Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O.Shahavdinov 1977 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Ingliz, turk va fransuz tillarini biladi.

Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2004 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

Bugunga qadar Yevropa mamlakatlari va Yevropa ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Top