12:03 / 05.08.2022
8990

Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Qulay harorat O‘zbekiston aholisini quvontirishda davom etadi.

Foto: Kun.uz

Bugun va dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, harorat foni me’yoriy qiymatlardan biroz yuqori bo‘lib, kechalari 20-25 daraja issiq, kunduz kunlari 32-37 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga oid
Top