23:43 / 08.08.2022
6184

AQShda yil boshidan buyon 400ta ommaviy otishma holatlari qayd etildi 

Oxirgi dam olish kunlarining o‘zida turli shtatlarda yettita ommaviy otishma holati qayd etilgan.

Foto: Reuters

AQShda 2022 yil boshidan buyon ommaviy otishma holatlari soni 400taga yetdi, deb xabar berdi Gun Violence Archive.

"AQShda to‘rt nafardan ortiq odam yaralangan yoki o‘lgan otishmalar soni 400taga yetdi", - deyiladi xabarda.

Oxirgi dam olish kunlarining o‘zida turli shtatlarda yettita ommaviy otishma holati qayd etilgan.

Qurolli zo‘ravonlik muammosi may oyidagi ikki fojiadan so‘ng hukumat e’tiborini tortdi: Buffalodagi supermarketga qilingan qurolli hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va Yuvalddagi boshlang‘ich maktabda jinoyatchi 19 o‘quvchi va 2 o‘qituvchini otib o‘ldirdi.  

Iyun oxirlarida prezident Jo Bayden qurol savdosini qat’iylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 

 

Top