15:03 / 08.08.2022
4825

Energetika vazirligi quyosh suv isitish qurilmasining 5 ta eng muhim afzalligini ma’lum qildi

Energetika vazirligi xonadonga quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish hisobiga qanday imkoniyatlar paydo bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ular quyidagicha:

  • xonadonga quyosh suv isitish qurilmalari xarid qilinmoqchi bo‘lsa, u holda, xarajat bir qismi kompensatsiya qilib beriladi;
  • quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali o‘rnatish mumkin;
  • ushbu qurilmani o‘rnatish hisobiga xonadonni tekin va uzluksiz issiq suv bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi;
  • quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish evaziga elektr va issiq suv to‘lovlarida 70 foizgacha mablag‘ tejaladi;
  • ushbu qurilmalarni o‘rnatish hisobiga xonadonni qish mavsumida isitish imkoniyati ham yuzaga keladi.

Har bir o‘rnatilgan suv isitish qurilmasi uchun 2 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lab berish amaliyoti joriy etiladi. Uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham yaratiladi.

Masalan, bir oila suv isitish uchun bir oyda o‘rtacha 195 ming so‘m xarajat qilsa, ushbu oila 6 mln so‘m evaziga 200 litrli quyosh qurilmasi o‘rnatsa, davlatdan 2 mln so‘m kompensatsiya oladi.

Bunda, har oy ketgan xarajat iqtisod bo‘lishi hisobiga, suv isitish qurilmasi 21 oyda pulini oqlaydi va qurilma yonga qoladi. Agar oila kompensatsiyani emas, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni tanlasa, oylik to‘lov 170 ming so‘m bo‘ladi. Hozirgi to‘lovidan ham kam bo‘ladi va uch yildan keyin issiq suv uchun umuman xarajat qilmaydi, deyiladi ma’lumotda.

Top