11:36 / 08.08.2022
6284

Hafta davomida kuchli issiq kutilmaydi

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyi uchun nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublika ayrim tog‘li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34 daraja issiq atrofida bo‘ladi, bu avgust oyi birinchi yarmi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan biroz past. Hafta eng oxiriga kelib, harorat 35-38 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Respublika janubida va cho‘l zonalarida ayrim kunlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha chang-to‘zonlar bilan kuchayishi kutilmoqda.

8 avgustda Namangan, Farg‘ona viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top