14:40 / 08.08.2022
15434
Hujumlar nishonidagi Baxmut, Xarkivdagi ukrain harbiylari. Urush suratlari

7 avgust kuni Odessa portlaridan ukrain g‘allasi ortilgan yana to‘rtta kema chiqdi. Ukrainaga Rossiya bosqini boshlanganidan buyon ilk bor xorijiy davlat bayrog‘i ostidagi kema keldi — u Ukrainadan g‘alla olib ketadi. Belarus televideniyesi Rossiyada Coca-Cola o‘rnini belaruslarning «Bela-kola»si egallashini ma’lum qildi. Enegrodarning Rossiya tomonidan tayinlangan hukumati Ukrainani Zaporijjya AESni o‘qqa tutishda aybladi. Ukrainlarning «Energoatom» davlat kompaniyasi esa, o‘z navbatida hujumda rossiyalik harbiylarni ayblab, stansiya xodimlaridan biri yaralanganini ma’lum qilgan. Xalqaro Amnesty International Ukraina qurolli kuchlari tinch aholi vakillari hayotini xavf ostiga qo‘yib, maktab va shifoxonalarda joylashayotgani haqidagi hisoboti ukrainlarga «og‘riq» yetkazgani uchun uzr so‘radi, ammo o‘z hisobotidan tonmadi. Donetsk oblastida rossiyaliklarning zarbalari oqibatida so‘nggi bir kunda to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Quyida urushning 165-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblasti

Ukrainalik harbiy tank ichida, Xarkiv oblasti. Xarkiv doimiy ravishda zarbalarga uchramoqda, 7 avgust kuni shahar meri Igor Terexov «shaharda baland ovozlar eshitilayotgani»ni aytib, odamlardan panaga o‘tishni so‘radi.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv atrofidagi pozitsiyada ovqat tayyorlayotgan ukrain harbiylari.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Donetsk oblastining Slovyansk shahri aholisi vakillari ichimlik suvi g‘amlamoqda. Rossiya qo‘shini Slovyansk yo‘nalishida ilgarilashga urinmoqda, ammo, Ukraina bosh shtabi xabar berishicha, bu hujumlar qaytarilmoqda.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Donetsk oblasti Baxmut shahri yaqinidagi Opitnoye qishlog‘ida yaralangan ayolga yordam ko‘rsatishmoqda. Ukraina bosh prokurori ofisiga ko‘ra, 7 avgust kuni Donetsk oblasti shaharlariga berilgan zarbalar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutliklar rossiyalik harbiylar zarbasidan keyin qutqarilgan kuchuk bolasini bir-biriga uzatmoqda.
Diego Herrera Car​cedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchilar Baxmutda hujumga uchragan uyda ishlamoqda.
Diego Herrera Car​cedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xodimi Baxmutda halok bo‘lgan tinch aholi vakili yonidan ketmoqda.
Diego Herrera Car​cedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk ustida kun botishi va tutun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev

Ukraina prezidenti amerikalik aktrisa Jyessika Chesteyn (Interstellar, Molly's Game, Scenes from a Marriage) bilan uchrashdi. Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida shunday yozdi: «Jyessika Chesteyn bugun Ukrainada. Biz uchun bunday taniqli insonlar tashrifi juda qadrli. Shuning evaziga dunyo mamlakatimizda sodir bo‘layotgan haqiqiy holat haqida ko‘proq eshitishadi, bilishadi va tushunishadi. Qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat!». Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Kiyev Milliy operasi solisti chiqishga tayyorlanmoqda, sahnada — Juzeppe Verdining «Rigoletto»si. Kiyev operasi may oyida faoliyatini tiklagan, ammo komendantlik soati tufayli spektakllar kunduz kuni o‘tkazilmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Orkestr artisti chiqishga tayyorlanmoqda. Kiyev operasi artistlar uchun vakansiya e’lon qilgan: Kiyevdan evakuatsiya bo‘lgan musiqachilarning o‘rnini to‘ldirishga zarurat bor.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Opera artisti sahnaga chiqish arafasida.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Orkestr musiqachilari antrakt vaqtida.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top