13:09 / 08.08.2022
14037
Toshkentda ro‘y bergan YTHda ikki kishi vafot etdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIBB axborot xizmati

2022 yil 7 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va Badaxshon ko‘chasi chorrahasida ikkita transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 1964 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil va 1997 yilda tug‘ilgan A.Q. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil o‘zaro to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To‘qnashuv oqibatida Spark rusumli avtomobil yo‘lovchilari, voyaga yetmagan, 2017 yilda tug‘ilgan M.M., 1968 yilda tug‘ilgan M.O., Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi A.Q. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Spark rusumli avtomobil haydovchisi M.O. va yo‘lovchisi, 1959 yilda tug‘ilgan D.E. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top