07:49 / 09.08.2022
3554

Ikki yilda qancha maktab bitiruvchisiga oltin medal topshirilgani aytildi

Maktablar uchun yaratilgan milliy o‘quv dasturi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, 296 nomdagi yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari yaratildi. Bu haqda AOKAda Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: AOKA

Joriy yilda pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida 100 ming nafar, «Uzluksiz kasbiy ta’lim» elektron platformasi orqali 87 ming nafar tizim xodimlari o‘z malakasini oshirdi. 

Ma’lum qilinishicha, toifaga ega o‘qituvchilar soni 220 110 nafardan 325 818 nafarga yoki 43,8 foizdan 64,8 foizga oshdi. O‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirish maqsadida jami 176 nafar xorijiy ekspert va pedagog jalb qilingan.

2021-2022 o‘quv yili davomida maktab bitiruvchilari 9 514 nafariga oltin va 1 999 nafariga kumush medallar topshirildi. 

Bundan tashqari, xalqaro olimpiadalarida 6 ta medal (4 ta kumush, 2 ta bronza), mintaqaviy olimpiadalarda 39 ta medal (3 ta oltin, 13 ta kumush, 23 ta bronza) qo‘lga kiritildi.

O‘quvchilar va ularning ustozlari jami 778,5 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirildi.

Top