19:13 / 09.08.2022
6745

Tayvan bo‘g‘ozida Xitoyning 45ta samolyoti va o‘nta harbiy kemasi operatsiya o‘tkazdi

4 avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi orolga tashrif buyurganidan keyin Tayvan atrofidagi oltita hududda Xitoy harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

Foto: RIA Novosti

Xitoy xalq-ozodlik armiyasi Tayvan tomon 45ta samolyot va 10ta harbiy kema jo‘natdi.

"9 avgust holatiga, Tayvan bo‘g‘ozi hududida Xitoyning 45 samolyoti va 10 harbiy kemasi harbiy-dengiz va havo operatsiyalarini o‘tkazdi. Tayvan bo‘g‘ozidagi "o‘rta chiziq"ni 15 samolyot, jumladan, 4ta J-11, 4ta J-16 va 8ta Su-30 qiruvchi samolyotlari kesib o‘tdi”, deyiladi Tayvan mudofaa vazirligi xabarida.

Avvalroq Xitoy xalq-ozodlik armiyasining sharqiy hudud qo‘mondonligi Xitoy harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari Tayvan atrofidagi harbiy mashg‘ulotlar davomida murakkab elektromagnit sharoitida bloklash va nazoratga olish mashqlarini o‘tkazganini xabar qilgandi.

4 avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi orolga tashrif buyurganidan keyin Tayvan atrofidagi oltita hududda Xitoy harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. XXOA Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi ma’lum qilishicha, manyovrlar Xitoy armiyasining quruqlikdagi nishonlarga zarba berish va dengiz hujumlarini amalga oshirish qobiliyatini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan.

Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi U Tsyan 8 avgust kuni bu manyovrlar AQSh va Tayvan uchun «kerakli ogohlantirish» ekanligini aytdi. Bu ularning provokatsiyalariga «adolatli va o‘rinli» javob, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Tayvan bo‘g‘ozidagi hozirgi keskin vaziyatni «ataylab» yaratgan va Pekin noroziligiga qaramay Pelosining orolga tashrif buyurishini tashkil qilgan.

Top